
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 mart kuni Turkmaniston Respublikasiga tashrifi doirasida Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashib, Xalqaro Axalteki otlari majmuasi bilan tanishgan edilar. O‘shanda Turkmaniston Prezidenti O‘zbekiston rahbariga zotdor ot sovg‘a qilgan edi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanidagi “O‘zbegim otlari” ot zavodi faoliyati bilan tanishar ekan, “O‘zbegim otlari” zavodida Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovg‘a qilingan “Do‘stxon” laqabli zotdor ot yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Shuningdek, ot zavodi hududida zotdor otlarni ko‘paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar