11:08 / 22.07.2017
9 481

O‘ynayotgan bolalar tuproq tagidan tirik chaqaloq topishdi (Video)

O‘ynayotgan bolalar tuproq tagidan tirik chaqaloq topishdi (Video)
Bu dahshatli voqea Hindistonning Odisha shtatida ro‘y berdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

O‘ynash uchun to‘plangan bolalar erga nimadir ko‘milganini ko‘rib, kavlab ko‘rishdi. Oqibatda... tuproq tagidan jajjigina chaqaloq qo‘li ko‘rindi. Shundan keyin ular bu haqda kattalarni ogohlantirish uchun uylari tomon yugurishdi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, voqea joyini o‘nlab odamlar o‘rab oldi. Ular tuproqni kavlab, tug‘ilganiga atigi bir necha soat bo‘lgan, lattaga o‘ralgan chaqaloqni topishdi. Uning ovozi eshitilmasligi uchun yuzi ham latta bilan o‘ralgan edi.

Bu voqea Hindistondagi yagona hodisa emas. Agar kambag‘al oilada qizaloq tug‘iladigan bo‘lsa, u oilasidagilar uchun katta muammo tug‘diradi. Chunki Hindistonda qiz uzatish uchun juda katta mablag‘ zarur bo‘ladi. Shundan keyin aksariyat onalar qizaloqdan qutilishning ana shunday mudhish yo‘llarini tanlashadi...

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘ynayotgan bolalar tuproq tagidan tirik chaqaloq topishdi (Video)