Nihoyat qonunchilikka ko‘pchilik kutayotgan o‘zgarish kiritildi, deb yozadi huquqshunos blogger Xushnudbek Xudoyberdiev. Ya’ni Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskasi mavjud bo‘lmagan shaxslar ham uy sotib olish hamda buning evaziga doimiy propiska olish huquqiga ega bo‘ldi.
Buning uchun yangi qurilgan uylardan bahosi kamida eng kam oylik ish haqining 2500 baravari miqdorida uy sotib olish kerak. Bu bugungi hisob bo‘yicha 374 mln. 437 ming 500 so‘m bo‘ladi.
Bundan tashqari shartnomaning 5%i miqdorida davlatga to‘lanadigan boj ham bor. Bu kamida 18 mln. 721 ming so‘m bo‘ladi.
Bundan kelib chiqadiki, Toshkent propiskasiga kirish uchun kamida 393 mln. 159 ming so‘m pulingiz bo‘lishi kerak. Shunda ham uy sotib olasiz, ham propiskaga kirasiz.
Yangi qurilgan uy deganda foydalanishga topshirilganiga kamida 3 yil to‘lmagan uy tushuniladi. Propiskaga kirish uchun Toshkent shahar hokimligining uy foydalanishga topshirilganiga 3 yil to‘lmaganligi haqidagi maxsus ma’lumotnomasi ham kerak bo‘ladi.
Agar mabodo kimdir yangi uylardan birini sotib olib, uni 3 yil ichida boshqaga sotmoqchi, alishtirmoqchi yoki hadya qilmoqchi bo‘lsa, unda notariusdan rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravarini to‘lashi kerak. Bu bugungi kunda 59 mln. 910 ming so‘m degani. Xuddi yangi mashinani 1 yil ichida sotish qimmatligi kabi, yangi uyni 3 yil ichida sotish ham qimmatga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»