Amerika prezidenti Donald Trampning Nyu York shahri osmono‘par binolari aks etgan surati kimoshdi savdosida taxminan 29,2 ming dollarga sotildi. Bu haqda Los Anjelesda joylashgan Nate D. Sanders Auctions kim oshdi savdo uyi ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Gap Trampning Trump Tower binosidan Nyu Yorkning markazi tasvirlangan havaskorlik surati haqida bormoqda. AQSh prezidenti imzosi chekilgan surat oltinrangli flomasterda chizilgan. Maxsus ramkaga joylangan surat holati juda yaxshi ekani t’kidlangan.
Kimoshdi savdo uyida aytishlaricha, bu ishlanma "noyob hisoblanadi. Chunki, Tramp chizgan suratlardan bir nechtasi ma’lum, xolos". Uning boshlang‘ich narxi 9 ming dollardan boshlangan. Xaridor ismi oshkor qilinmagan.
Tramp ushbu suratni 2005 yili o‘tkazilgan xayriya aksiyasi doirasida chizgan. Xayriya aksiyasini Pitney Bowes kompaniyasi Xalqaro savodxonlik kuni munosabati bilan o‘tkazgan. U taniqli san’at arboblari, sportchilar, yozuvchilar, rassomlar va siyosatchilardan o‘ziga xos biror narsani chizishni so‘rashgan. Keyinroq, bu rasmlar kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Undan tushgan mablag‘lar AQSh va Kanadada savodsizlikni tugatish markazlariga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi