20:02 / 28.07.2017
7 138

Test markazi tuzgan savollar qayda-yu, maktabdagi ta’lim darajasi qayda?

Test markazi tuzgan savollar qayda-yu, maktabdagi ta’lim darajasi qayda?
1 avgust imtihon kuniga oz qoldi. Abiturientlar ming mashaqqat ila ilm olishda, yana kimdir tanish topishda va boshqasi shpargalka izlashda davom etmoqda. Ha, yashirmaylik pul, tanish bilish va shpargalka izlash juda ommaviylashib bormoqda. Bilishimizcha ba’zi o‘quv markazlarida shpargalka yodlatish va x-variantlarga murojaat qilish usullari ham qo‘llanilmoqda. Buni esa nazarimizda aslo yoshlarimizning dangasaligidan deb bilmaymiz. Chunki, test markazining misol uchun matematika bo‘yicha tuzilgan testlarini 11-sinfgacha bo‘lgan bilimini to‘liq egallab ham echib bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda test markazining savollari qayda-yu, maktablarimizda berilayotgan bilim saviyasi qayda?

Maktabni a’lo baholar bilan tugallab, repititor yordamisiz oliy o‘quv muassasiga kirishning o‘zi ertak. Kollej esa oradagi rosmana katta to‘siq. Aksariyat kollejlarda ta’lim saviyasi haminqadar. Yoshlar kollejga borib, 3 yil vaqt yo‘qotgandan repititorga borishni afzal bilishadi.

O‘quvchi repititor yollab, pul sarflab qo‘shimcha ta’lim olmasa testga kirib ovora bo‘lishning keragi yo‘q. Shunday ekan ba’zi ota-onalar repititor, shpargalka yoki pora variantlaridan qulayrog‘ini va cho‘ntagiga, farzandining saviyasiga mosrog‘ini tanlab qo‘yishni ep ko‘rmoqda. Test markazidagi “oy”dan tushganlar savol tuzishdan avval maktabdagi bilim saviyalarini va ayniqsa darsliklardagi mavzulardan chiqib ketmaslikni o‘ylab ko‘rishsa bo‘lardi. Xususan, matematika fani bo‘yicha testda tushgan misolning biri Londonda OTM talabalari uchun o‘tkazilgan olimpiadaning ikkinchi bosqichida berilgan. Bu kabi misollarni esa ko‘plab keltirish mumkin.

Test markazi “oy”da o‘tirib bu kabi savollarni tuzishda, maktablarda o‘qituvchilar jamoat ishlari bilan ovvora bo‘lishda davom etar ekan, oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi korrupsiyaga barham berib bo‘lmaydi.


Manba: Dia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test markazi tuzgan savollar qayda-yu, maktabdagi ta’lim darajasi qayda?