Oxirgi quyosh tutilishi taxminan 600 mln yildan keyin yuz beradi, chunki bu vaqtga kelib Oy Erdan shunday katta masofaga uzoqlashadiki, u o‘z gardishi bilan Quyoshni yopa olmaydi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
“To‘liq quyosh tutilishi uchta hamkor – Oy, Quyosh va Er “raqsi” hisoblanadi. U Oy va Quyosh juda aniq ustma-ust tushgandagina yuz berishi mumkin. Vaqt o‘tib, to‘liq quyosh tutilishlar miqdori va davomiyligi kamayib boradi va taxminan 600 mln yildan keyin Er oxirgi marta bunday hodisaning guvohi bo‘ladi”, deb aytmoqda NASA koinot parvozlari markazidan Richard Vondrak.
Quyosh tutilishi Oy o‘z harakatida Quyosh gardishidan o‘tayotganda yuz beradi. Bu har doim yangi oy vaqtida yuz beradi. Biroq hamma yangi oyda ham quyosh tutilishi yuz bermaydi. Yangi oyda Oy orbitasining Er orbitasiga qiyaligi sababli Oy odatda biroz “nishondan adashib”, Quyoshdan teparoqdan yoki pastroqdan o‘tadi. Biroq yilda kamida 2 marta (5 martadan ko‘p bo‘lmagan holda) Oy soyasi Erga tushadi va quyosh tutilishi yuz beradi.
To‘liq quyosh tutilishi esa yanada kamroq yuz beradi. Bunda Oy gardishi Quyoshni Erdan to‘liq yopadi va Oy soyasi o‘tadigan sayyoramizning sirtidagi tor polosani vaqtinchalik qorong‘ilikka cho‘mdiradi. Qoidaga ko‘ra, bunday quyosh tutilishlar taxminan 18 oyda bir marta yuz beradi va Erdagi har bir nuqta 50 yil ichida bir marta shunday tutilish guvohi bo‘ladi.
Vondrakning aytishicha, to‘liq quyosh tutilishlar vaqtinchalik hodisa hisoblanadi, bunda Oy joyida turmaydi, u Erdan ko‘tarilish kuchlari ta’sirida sekin-asta uzoqlashadi. Oy har yil sayyoramizdan yiliga 2,2 santimetrga uzoqlashmoqda. Bu quyosh sekin-asta kattalashayotgani bilan birgalikda yakuniy natijada Oy quyosh tutilishi vaqtida Quyoshni jismonan yopa olmaydi.
Quyoshning keyingi to‘liq tutilishi joriy yilning 21 avgustida yuz beradi. Bunda Oy soyasi AQSh markaziy qismining ko‘plab hududlari aholisi uchun Quyoshni yopadi.
Bu Quyosh tutilishi vaqtida NASA astronomlari Quyosh nuri Oy tuprog‘i bilan qanday birgalikda ishlashini hamda Er sirti topografiyasini kuzatishni rejalashtirishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...