date
views 6 192

Video: Aripov testga olib kirish uchun elektron qurilma yasagan abiturientga maslahat berdi

Video: Aripov testga olib kirish uchun elektron qurilma yasagan abiturientga maslahat berdi
Avval xabar qilinganidek, “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi binolarida o‘tkazilayotgan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlariga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif buyurdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Abdulla Aripov test sinovlariga olib kirish uchun elektron qurilma yasagan abiturientga maslahat berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu abiturient qurilmani bir necha kun avval bu erdagi hojatxonalaridan biriga yashirib qo‘ygan bo‘lib, imtihon avvalida u hojatxonaga chiqib kelish haqida so‘ragan.

Bosh vazir abiturient qayta tekshiruvdan o‘tkazilganida yonidan topilgan qurilmani ko‘rib, unga Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga hujjat topshirishni maslahat berdi.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: Aripov testga olib kirish uchun elektron qurilma yasagan abiturientga maslahat berdi