6 213
7 avgust kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi haj safariga kuzatiladi
7-23 avgust kunlari 7 346 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Ziyoratchilarga safar oldidan O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari tushirilgan maxsus kiyim va sumkalar, haj qo‘llanmasi va videotasmalar taqdim etildi. Barcha ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur vaksinalar bilan emlanganlar. Bu haqda Din ishlar bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmatiga tayanib UZ24 nashri xabar bermoqda.
Ziyoratchilar uchun tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida 28 iyul kuni 10 kishidan iborat dastlabki ishchi guruhi Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘natab ketdi. Hojilar uchun Makka va Madina shaharlarida mehmonxonalardan joylar ajratilgan. Ziyoratchilarga transport, oziq-ovqat ta’minoti va tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Mehmonxonada maxsus jihozlangan oshxona hamda tibbiyot markazi tashkil etilgan.
7 avgust, dushanba kuni ikkita aviareysda Toshkent va Namangan shahridan 459 nafar ziyoratchilar Madina shahriga kuzatiladi.
Ziyoratchilar haj safaridan 8-24 sentyabr kunlari qaytishlari rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»