14:02 / 08.08.2017
9 413

Hokim Toshkentda to‘ylarni ixchamlashtirishga kirishdi

Hokim Toshkentda to‘ylarni ixchamlashtirishga kirishdi
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov poytaxtimizdagi to‘y va ma’rakalarni ixchamlashtirishga kirishdi.

Shahar hokimi farmoyishi bilan tasdiqlangan tartibnomaga ko‘ra, endilikda Toshkent shahrida to‘y-hasham, tantana, marosim va boshqa oilaviy tadbirlarga taklif etilganlar soni 300 kishidan ortmasligi shart.

Bundan buyon yana Toshkentdagi to‘ylarda kelin-kuyovning vals tushishi, pul sochish-u gul otish hamda tort kesish ta’qiqlanadi.

Endilikda nikoh to‘ylari, unashtirish, oqo‘rar va fotiha marosimlari birlashtiriladi.

Cheklovlar jumlasiga yana quyidagilar kiritilgan:

- yengil mashinalar sonini cheklash (faqat kelin-kuyovga);

- audio soz-ovozlarni pasaytirish;

- milliy qo‘shiqlarni ko‘paytirish;

- kelin salomni nikoh to‘yi vaqtida to‘yxonaning o‘zida o‘tkazish va turli sovg‘alar berishni yo‘q qilish.

To‘y va azaga bog‘liq ma’rakalar haqida mahalla fuqarolar yig‘ini xabardor qilinishi shart etib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, o‘tkaziladigan tadbirlarda diniy mavzudagi ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, faqat din sohasi vakili, imom-xatib tomonidan ma’ruza qilinishi shart qilib belgilandi.

Yangi tartibga muvofiq, FHDYo idoralari tomonidan nikohlanuvchi yoshlar ariza topshirish vaqtida yashash joylaridan, mahallalardan ma’lumotnoma olish talab qilinadi. Nikoh faqat ro‘yxatdan o‘tgan imom-xatib tomonidan o‘qiladi.

Endilikda nikoh to‘ylarida xonadonlardan odob-ahloq qoidalariga, sahna madaniyatiga va tashqi ko‘rinish madaniyatiga qat’iy rioya etilishi ham talab qilingan.

Yangi tartibda kelinlarga qimmatbaho chet el mebellari, gilamlar va boshqa jihozlarning bo‘lg‘usi qaynonalar tomonidan talab qilishiga chek qo‘yilgan.

Shuningdek, sepga kelinlik odobi, kuyovning oilaviy o‘rni haqidagi adabiyotlardan qo‘shish so‘ralgan.

Qiz tomoni beradigan oshni faqat yaqin qarindoshlar (200 kishidan oshirmaslik) o‘rtasida o‘tkazish talab qilinadi.

Yangi tartibga muvofiq, qovurdoq, challar va quda chaqirish marosimlari bekor qilingan.

Muchal to‘yi va aqiqa marosimini o‘tkazmaslik so‘ralgan.


Manba: 1news.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokim Toshkentda to‘ylarni ixchamlashtirishga kirishdi