Biroz avval Toshkent shahrida bunyod etilajak “Tashkent City” joylashadigan hudud haqida xabar bergan edik. Ma’lum qilinganidek, shaharcha Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari bilan chegaradosh hududda joylashadi.
“Tashkent City”ni bunyod etishda mazkur markaz barpo etiladigan hududdagi uylar, noturar joylar buziladi. Mazkur hududda istiqomat qiluvchi hamda faoliyat olib boruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga kompensasiya tariqasida er ajratiladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28 iyuldagi “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi