
2017/2018 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovi natijalarini hisoblash yakunlandi. Test sinovi natijalari respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘rnatilgan tartibda etkazib berildi.
Barcha abiturientlar ertaga, 15 avgust kuni soat 8:00 dan qabul komissiyalari e’lon taxtasidan test sinovida to‘plagan ballarini bilib olishlari mumkin.
Davlat test markazi saytida bu haqda rasman ma’lumot berilmagan. Avvalroq DTM test imtihonlari natijalari 17 avgust kuni e’lon qilinishi haqida xabar bergan edi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar