07:03 / 15.08.2017
6 271

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarni erkin yashashga o‘rgatishimiz kerak

Shavkat Mirziyoyev: Odamlarni erkin yashashga o‘rgatishimiz kerak
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni Olmaliq shahriga uyushtirgan tashrifi chog‘ida Toshkent viloyati faollari, hokimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzini yaxshilash borasida muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Prezidentlik lavozimini egallaganidan so‘ng, Toshkent viloyatiga ikkinchi bora tashrif buyurgan Mirziyoyev mavjud muammolar xususida tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Odamlarni erkin yashashga o‘rgatishimiz kerak, odamlar bilan hisoblashishga majbur qilishimiz kerak. Agar odamlarni eng yuqori pog‘onaga qo‘ymasak, biz xato qilaveramiz. Tumanning to‘rtta rahbari huddi hokimga o‘xshab javob beradi. Olmaliq shahar prokurori, hokimi, ichki ishlar organi, soliq organi rahbari shu tumanda ishlamaydi, yashamaydi. Olmaliqda 120 ming aholi bo‘lsa, to‘rtta rahbar bo‘lib-bo‘lib oladi. Mahalla, ko‘chalarni bo‘lib, o‘shaning o‘rtasiga borib, davlat uy beradi, kvartira beradi, ular o‘sha erda yotadi. O‘sha erda nafas oladi. Svet bo‘lsa svet bilan yashaydi, svet bo‘lmasa, svetsiz yashaydi. Yo‘l bo‘lmasa, yo‘lsiz yashaydi. Suv bo‘lmasa, suvsiz yashaydi. Nonining qimmatligi, bozori qimmatligi, go‘shtidagi noizsofsizliklarni sezib, o‘sha hid bilan yashasa, men komandamga qabul qilaman, bo‘lmasa qabul qilmayman", — deya ta’kidlagan prezident Shavkat Mirziyoyev.

Prezident, shuningdek, endi 3 oyda bir marta tuman rahbarlari 100 % xonadonma-xonadon yurib, odamlarning sharoiti bilan tanishishlari va ularni qayd etib borishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

"Shu 3 oy ichida har bir rahbarni shaxsan o‘zim qabul qilaman. Nima uchun? To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun. Bir so‘m pulni to‘g‘ri ishlatish uchun", dedi prezident Mirziyoyev.

Olmaliq shahri bugungi kunda nafaqat ichimlik suvi, balki texnik suv bilan ham ta’minlanmagan.

"Sariq kasal ko‘paygani nima uchun? Shifoxona ishlamasin, lekin suvni tozalamasak, hech qachon sariq kasal to‘xtamaydi. Kanalizasiya bo‘lmasa, infeksiya davom etsa, bolalar sog‘lom bo‘lmaydi", dedi prezident.

Rahbarlar, hokimlar haqida gapirar ekan, Shavkat Mirziyoyev 99 foiz rahbarlarni Toshkentga tashqaridan olib kelganini ta’kidladi.

Olmaliqdagi hozirgi sharoit qoniqarli emasligini alohida qayd etgan Shavkat Mirziyoyev shaharning qiyofasi tubdan o‘zgartirilishini ma’lum qildi. "Ibn Sino" mahallasida arzon tipdagi 10 ta 9 qavatli uylar, supermarketlar, bolalar bog‘chasi quriladi. Bu uylarning bahosi 120 million so‘mdan 140 million so‘mgacha bo‘ladi. Mahalladagi shahar bolalar shifoxonasi qaytadan to‘liq rekonstruksiya qilinadi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.

"Ahmad Yassaviy" mahallasida bozor, bino va inshootlar qayta quriladi. Bu erda 2 ta bozor 1 yilda qurilishi mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Olmaliq shahrida qurilishi ko‘zda tutilayotgan yangi ijtimoiy ob’ektlar va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi, shuningdek, shahar markazining 5-2 massivida qad ko‘tarayotgan 7 qavatli arzon uylarni qurish jarayoni bilan tanishdi va aholini 2-3 xonali uylar bilan ta’minlashga qaratilgan ushbu loyiha yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Odamlarni erkin yashashga o‘rgatishimiz kerak