Matizni olib qochgan toshkentlik o‘spirin issiq izidan fosh qilindi

Matizni olib qochgan toshkentlik o‘spirin issiq izidan fosh qilindi
2017 yilning 7 avgustdan 8 avgust kuniga o‘tar kechasi, noma’lum shaxs, Uchtepa tumani hududida, fuqaro Gafurov Erkin Kabilovichga tegishli bo‘lgan “Matiz-best” rusumli avtomashina qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uni olib qochgan.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Uchtepa tumani, Chilonzor-30 mavzesidan topilgan. Shuningdek mazkur jinoyatni voyaga yetmagan Yusupjonov G‘iyosjon Burxonjon o‘g‘li sodir etganligi aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar