O‘zbekiston noyob jonivor - sayg‘oqlar saqlanib qolgan dunyoning atigi beshta mamlakatidan biri hisoblanadi.
Afsuski, O‘zbekistonda sayg‘oqlar va jayronlarni asrash, ular yashab, ko‘payadigan hududlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor berilayotganiga qaramasdan, qonunga xilof tarzda ovlangan bu hayvonlarning shoxlarini yashirin ravishda olib chiqishga bo‘lgan urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, yaqinda ana shunday holatlardan biri aniqlagan.
Xususan, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l-chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishi bo‘yicha hararkatlanayotgan yo‘lovchi poezdi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yo‘lovchilardan biri yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovlari paytida ma’lum qilinmagan 8 dona sayg‘oq va 4 dona jayron shoxlarini yashirin ravishda olib chiqishga uringani fosh etildi.
Shuningdek, ushbu poezdning yana bir yo‘lovchisi 7 dona sayg‘oq va 7 dona jayron shoxlarini bojxona nzaoratidan chetlab o‘tib, olib chiqib ketayotgan paytda to‘xtatib qolindi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, ushbu qonunbuzarliklar ortidan tabiatga etkazilgan zarar miqdori 97 mln. so‘mdan oshgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ashyoviy dalil tariqasidan olingan mazkur hayvon shoxlari esa Qoraqalpoq Davlat O‘lkashunoslik muzeyiga topshirildi.
Qayd etish kerak, sahro kengliklarida yashashga moslashgan bu jonivorlar nafaqat go‘shti, eng avvalo qimmatbaho shoxlari uchun brakonerlarning o‘ljasiga aylanmoqda.
Xususan, Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tabobatida hozirga qadar keng qo‘llanilayotgani bois sayg‘oq shoxlari mo‘may daromad orttirish vositasiga aylanib ulgurgan.
Sayg‘oq va jayron milliy va xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lib, uni ovlash respublikamizda taqiqlangan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)