22:01 / 23.08.2017
5 620

Bekobodda yashovchi nochor oila Prezident tufayli qaddini tiklab oldi

Bekobodda yashovchi nochor oila Prezident tufayli qaddini tiklab oldi
Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi bir oilaning hayoti Prezidentning g‘amxo‘rligi tufayli tubdan yaxshilanadigan bo‘ldi.

Prezident topshirig‘iga asosan, Bekobod tumanida mutasaddilarning mahallama-mahalla, uyma-uy yurib o‘rganishlari natijasida, bu oilaga e’tibor tushdi. Oila boshlig‘i imkoniyati cheklangan bo‘lib, bir oyog‘i ishlamaydi. Shu sababli u og‘ir mehnat bilan shug‘ullana olmaydi. Uning rafiqasi ham ishsiz. Ularning kichik yoshdagi egizak farzandlari bor. Oila atrofdagilarning xayr-saxovati va moddiy yordami evaziga kun kechiradi.

Oilaning iqtisodiy-ijtimoiy sharoiti og‘ir ahvolda. Ularning yordam beradigan qavm-qarindoshlari ham yo‘q. Sayyor qabul vaqtida bu oilaga moddiy yordam qilishga qaror qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ularga 3 million so‘m yordam puli ajratiladigan bo‘ldi. Shuningdek, Hasan va Husan ismli farzandlari davlat hisobidan bog‘chaga joylashtiriladi, oila boshlig‘i va uning rafiqasi esa o‘z imkoniyatiga mos holda ish bilan ta’minlanadi. Ularning uy-joyi mutasaddilar tomonidan to‘liq ta’mirdan chiqariladigan bo‘ldi.

Shu tariqa yana bir oilaning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga yo‘l ochildi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bekobodda yashovchi nochor oila Prezident tufayli qaddini tiklab oldi