Ushbu ta’lim maskanlarida bolani o‘qitishda zamonaviy standartlar va yondashuvlar qo‘llaniladi. Bu yerda hamma narsa, har bir kabinet dizayniga qadar maktab o‘quvchisining ko‘pqirrali ta’lim-tarbiya olishi uchun xizmat qiladi.
O‘zbekistonda respublikaning 14 regioni uchun zamonaviy umumta’lim maktablari loyihalari tayyorlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev.
Sa’dullayevning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi namunaviy maktablar butun respublika bo‘yicha 194ta tumanda ishga tushiriladi.
«Ushbu ta’lim maskanlarida bolani o‘qitishda zamonaviy standartlar va yondashuvlar qo‘llaniladi. Bu yerda hamma narsa, har bir kabinet dizayniga qadar maktab o‘quvchisining ko‘pqirrali ta’lim-tarbiya olishi uchun xizmat qiladi», — deb hikoya qilgan vazir.
Sa’dullayev shuningdek, ta’lim maskanlarining har birida yoshlarni o‘z ortidan ergashtiradigan «lider»lar faoliyat yuritishini ma’lum qilgan va oliy ma’lumotli yetakchilarni saralab olish jarayoni o‘z nihoyasiga yetganini qo‘shimcha qilgan.
Vazirning aytishicha, yetakchi kadrlarning har biri maxsus o‘quv tayyorlov seminarlaridan o‘tishgan.
Shuningdek, ular faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar mujassam zamonaviy kabenatlar tayyor holatga keltirilgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda davlat ta’lim tizimida 14 828ta ta’lim maskanlari mavjud, shulardan 9680tasi umumta’lim maktablaridir. Pedagoglaring umumiy soni 400 mingdan ortiq, o‘quvchilar soni esa — 5 million nafarni tashkil qiladi.
Manba: sputnik.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi