
Bir davlatda, bir shaharda yurib yonma-yon
Yashayapmiz go‘yo, ammo begonalarmiz.
Menda hujjat zamin bo‘lsa, sendagi osmon,
Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
Devonalarmiz, devonalarmiz,
Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
Sarsonalarmiz, ovvoralarmiz,
Bitta yurtda tug‘ilsak-da begonalarmiz.
Mamlakat bir, bu shaharning o‘zi bir olam,
Beshigimiz kemasida afsonalarmiz.
Bitta vatan, bitta bayroq, lek qog‘oz boshqa
Notenglikni anglolmagan devonalarmiz.
Bani bashar oshyoni shu mitti sayyora,
Melisadan qochib yurgan ovvoralarmiz.
Postoyannыy olsak biz baxt topgaymiz zora,
Vremennыydan to‘yib ketgan begonalarmiz.
Devonalarmiz, devonalarmiz,
Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.
Sarsonalarmiz, begonalarmiz,
Bir davlatda yashasak-da begonalarmiz…
Abror Zohidov, (Yulduz opaga rahmat).
Manba: Fayzbog.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar