27 avgust kuni mototsikl ishtirokida yuz bergan mudhish YTH haqida bugun ertalab xabar bergan edik. Maxtumquli ko‘chasining yangi qurilgan qismida katta tezlikda harakatlangan mototsiklning burilayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida mototsikl boshqaruvidagi yigit vafot etgan.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali marhum haqida turli ma’lumotlar tarqalmoqda. Uni tanigan do‘stlari o‘z sahifalarida marhum hayotligida tushirilgan suratlarni joylab, uning vafot etganiga ishona olmayotganliklarini, uning bu olamni yosh tark etganini afsus bilan yozishmoqda.
Qalampir nashri ma’lum qilishicha, mototsikl boshqaruvida bo‘lgan yigit 24 yoshda bo‘lib, Hindistondagi Maxatma Gandi universitetining 3-bosqich talabasi bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi tufayli vafot etgan yigitning oila a’zolari hamda do‘stlariga o‘z ta’ziyamizni bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi