Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan xorijiy fuqaro A.Abdulkexxar boshqaruvida Turkiyadan respublikamizga yetib kelgan yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda navbatdagi bojxona qoidabuzarligi fosh bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi “Endless Business LLC” korxonasi nomiga keltirilayotgan yuklar aslida qiymati salkam 20 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi 23 tonnadan ortiq qurilish materiallari bo‘lishi lozim edi.
Ammo, bojxona ko‘rigi davomida konteynerdagi tovarlar bilan yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovut mavjudligi aniqlandi. Sodda qilib aytganda mazkur tovarlar hujjatlardagidan ko‘ra ortiqcha miqdorda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlaridan qayd etilmagan qurilish materiallarining umumiy qiymati 648 mln. so‘mni tashkil qildi.
Hozirda ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olib quyildi va mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Xitoydan Farg‘ona shahridagi “Namuna savdo minbari” MChJ nomiga temir yo‘l konteynerida yuborilgan yuklar ham bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy ravishda olib kirilishiga chek qo‘yildi.
Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra, ushbu konteynerda qiymati salkam 4.5 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi 25 tonna 800 kg.dan ortiq og‘irlikdagi kafellar bo‘lishi lozim edim. Ammo, ko‘zdan kechiruv davomida ushbu tovarlar o‘rniga hujjatlarda umuman ko‘rsatilmagan, qiymati 3.7 mlrd so‘mdan ortiq kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.
Bojxonachilarning ko‘zini shu tariqa shamg‘alat qilishga uringan qonunbuzarlar bu usullari bilan davlat byudjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 4 mlrd. so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashgan.
Mazkur qonunbuzilish holatlarida aniqlangan tafovutlar tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘la bartaraf qilingach va belgilangan miqdordagi bojxona to‘lovlari undirilganidan so‘ng ushbu tovar-moddiy boyliklar hozirda tadbirkorlik sub’etlariga bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazib berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda