22:30 / 31.08.2017
6 774

Tatyana Karimova: men og‘ir judolikni biz bilan baham ko‘rgan o‘zbek xalqiga ta’zim qilaman!

Tatyana Karimova: men og‘ir judolikni biz bilan baham ko‘rgan o‘zbek xalqiga ta’zim qilaman!
31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi oldidan Oqsaroy qarorgohi qarshisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali tantanali ravishda ochildi. Mazkur marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etdilar.

Marosimda so‘zga chiqqan Tatyana Karimova o‘z nutqini quyidagicha boshladi:

“Prezidentimiz Shavkat Miromonovich va boshqa so‘zga chiqqanlarning barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Islom Karimov xotirasiga atalgan iliq va samimiy so‘zlari qalbimni jumbushga keltirdi.

Islom Abdug‘aniyevich eng tahlikali davrda, ya’ni Farg‘ona “yonayotgan” vaqtda, Namanganda notinchlik bo‘lgan vaziyatda mamlakatimizni boshqardi. Biz barchamiz Bo‘ka, Parkent va O‘sh voqealarini yaxshi eslaymiz...

O‘sha vaqtlarda O‘zbekiston aholining turmush darajasi bo‘yicha Sovet ittifoqining eng oxirgi qatoridan joy olgan edi. Bu faqatgina bo‘sh yotgan rastalar, do‘konlar emas, hatto, un bir hafta yoki o‘n kunga yetarlik miqdorda qolgan davrlar edi...

Ana shunday vaziyatda Islom Abdug‘aniyevich xalqning tarixiy hikmatlari, an’analari va ma’naviyatiga asoslanib — O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqini birlashtira oldi. Ularda o‘z Vataniga bo‘lgan faxrni shakllantirdi”.

Tatyana Karimova bu so‘zlarni so‘zlar bayon etar ekan ko‘zlariga yosh qalqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov o‘z xalqining taqdiri bilan bog‘liq barcha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga ola olgan rahbar edi.

Prezident har doim O‘zbekistonni kelajagi buyuk davlat sifatida ko‘rgan edi. U o‘zining bor kuchini suveren, demokratik, qonun ustuvorlik qiladigan davlat qurish uchun sarfladi.

O‘z vataniga bo‘lgan abadiy sadoqat, kuchli iroda va mardlik, fahm-farosat egasi bo‘lgan Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasini butun dunyo tan olgan davlat darajasiga olib chiqdi.

Tatyana Karimova Islom Karimov nafaqat Birinchi Prezident, balki Mustaqil O‘zbekistonning asoschisi va xalqning otasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

“Men og‘ir judolikni biz bilan baham ko‘rgan o‘zbek xalqiga ta’zim qilaman! Men mana shu ko‘rinishda qalb kuchini, uning yuqori insoniylik hislatlarini namoyon etgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov yodgorligini yaratuvchilariga minnatdorchiligimni bildiraman. Birinchi Prezidentning xotirasini abadiylashtirish, uning siyosiy merosini asrab-avaylayotgani uchun shaxsan Shavkat Miromonovichga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Xalqimiz Shavkat Miromonovichga ishongan holda, uni davlat rahbari etib sayladi. Islom Karimov ko‘rsatgan xizmatlari ishonchli qo‘llarda”, dedi Tatyana Karimova.

Tatyana Karimova o‘z chiqishidagi so‘zini O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Mustaqillik ayyomining 25 yilligiga atab yozgan, ammo o‘qishga ulgurmagan tabrik nutqidagi so‘zlari bilan yakunladi:

“Bu ishlarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin, o‘zi madatkor bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Rahmat. Bu Islom Karimovning o‘z xalqiga shunchaki tilagi emas, balki vasiyatidir”.

Oysaroy qarshisida haykal ochilganidan so‘ng, ishtirokchilar yodgorlik poyiga gullar qo‘ydilar va Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Ma’lumot uchun, yodgorlik haykaltaroshi Ilhom Jabborov bo‘lib, u Amir Temur, Motamsaro ona haykali hamda Baxtiyor ona haykallarining muallifidir.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tatyana Karimova: men og‘ir judolikni biz bilan baham ko‘rgan o‘zbek xalqiga ta’zim qilaman!