Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz urishtirish o‘yinlarini tashkillashtirish faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda «Toshkent viloyati IIB» xabar berdi.
2017 yilning 27 avgust kuni “Tozalash-antiterror” tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Turkiston qishloq fuqarolar yig‘ini, Alimbuva mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz urishtirish o‘yinlarini tashkillashtirib, qonunga xilof ravishda faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.
Tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilganda, ushbu yer maydonida xo‘roz o‘yinida ishtirok etish uchun kelgan fuqarolarning transport vositalari uchun turargoh, xo‘roz jangini tashkillashtirish uchun yozgi maydon, qurilishi tugallanmagan qishki mavsumda foydalanish uchun o‘yingoh mavjudligi, yuzdan ortiq fuqarolar xo‘roz o‘yinida ishtirok etish va tomosha qilish uchun tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi.
Surishtiruv ishlari davomida, yer maydonini issiqxona qurish maqsadida, ijaraga olingani, biroq yer maydonidan issiqxona qurish maqsadida foydalanmasdan, haftaning juma kunidan tashqari barcha kunlarda ushbu hududda xo‘roz o‘yinlari tashkil etilib kelingan, xo‘roz o‘yiniga tashrif buyurgan fuqarolar kelishuv asosida o‘rtaga pul qo‘yib, qimor o‘ynashgan.
Tekshiruv jarayonida Zangiota tuman Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastridan mutaxassislar jalb qilinib, xo‘roz urishtirish uchun mo‘ljallangan inshoot maydoni davlat kadastridan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi tekshirilganda, inshoot ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi va o‘zboshimchalik bilan qurilib foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, noqonuniy qurilish sifatida buzildi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasida nazarda tutilgan “Qimor va tavvakkalchilikka asoslantirilgan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish”da ifodalangan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lganligi sababli Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar