Qurilish maydonlarining kengayishi va ko‘pqavatli uylarning ko‘payishi natijasida umumiy foydalanishdagi joylar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda.
Ko‘pqavatli uylar fasad qismining o‘zgartirilishi, uylar atrofida noqonuniy qurilish ishlarining olib borilishi, noqonuniy o‘rab olish — xizmat mashinalarining harakatlanishiga turli noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Ushbu yo‘nalishda aholi fikrining o‘rganilishi natijasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu qonun loyihasida ko‘pqavatli uylarni ta’mirlash, ventilyatsion tizimlarni o‘zgartirish, standart qurilish loyihasiga o‘zgartirish kiritish, uylarning tom va fasad qismiga konditsioner va sun’iy yo‘ldosh antennalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish masalalariga aniqlik kiritilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, fasad va tom qismiga turli qo‘shimcha vositalarni o‘rnatish taqiqlanishi mumkin.
Qonun loyihasi qo‘mitalar tomonidan o‘rganilishi va Quyi palata sessiyasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 32,4 ming ko‘pqavatli uylar ro‘yxatga olingan bo‘lib, kundan kunga yangi uylar qurilishi davom etmoqda. Ko‘pqavatli uylar tizimida aholi jon boshiga o‘rtacha 15,2 kvadrat metr maydon to‘g‘ri kelmoqda.
Azizlar, bu masalada Sizning fikringiz qanday?
Ko‘pqavatli uylar fasad qismining turlicha (har bir xonadon egasining o‘zi bilgancha ta’mirlashi natijasida) bo‘lishi, uylar atrofida noqonuniy qurilishlarning ko‘payishi (yoki ularning buzib tashlanishiga oid), ayrim “dahlsiz” hududlarning noqonuniy o‘rab olinishi borasidagi fikr-mulohazalaringizni kutib qolamiz...
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar