
Valyuta sotib olmoqchi bo‘lganlar har uch oyda 5000 dollargacha mablag‘ sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Ammo bu xabarlar to‘laligicha o‘z tasdig‘ini topmadi. «Daryo» nashri bu borada Markaziy bank axborot xizmati bilan bog‘landi va oydinlik kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, jismoniy shaxslar konversion kartaga istalgan miqdorda valyuta sotib olish imkoniyatiga ega. Konversion kartaga valyuta sotib olishda hech qanday cheklov mavjud emas.
Shuningdek, o‘qish yoki ish joyidan olingan plastik kartochkadagi mablag‘ni valyutaga aylantirmoqchi bo‘lganlar uchun ham shunday yo‘l tutiladi. Ya’ni bu holatda, mijoz bankka murojaat qiladi va unga konversion karta ochiladi.
Shu tariqa, mijoz plastik kartochkasidagi mablag‘ni konversion kartaga valyuta ko‘rinishida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar