
6 sentyabr kuni Toshkent - Termiz avtomobil yo`lining 832 km.da NEXIA avtomashinasi haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to`qnashuv sodir qilgan. Natijada yuk mashinasi yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketib, yana ikkita NEXIA avtomashinalari bilan to`qnashgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi rasmiy saytida xabar berildi.
YTH natijasida 6 nafar shaxs, shu jumladan bir nafar voyaga etmagan voqea joyida vafot etishgan. Yana 6 nafar shaxs turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga joylashtirilgan.
Voqea joyida favqulotda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar