
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ichki ishlar organi xodimi pora olayotganda ushlandi.
Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan mahkuma Sh.Xatamova (1970 y.t. ) viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, mazkur muassasa xodimi undan jazoni o‘tash davomida yengil shart-sharoitlar yaratish evaziga pora talab qilayotganligini bildirgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Ariza asosida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida Toshkent viloyati IIB JIEBga qarashli 14-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimi M.Isakjanov (1988 y.t.) ariza muallifining qizi Z.Ibragimovadan 1 mln. so‘m va 200 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan M.Isakjanovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing