Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy masalalar muhokamasida ishtirok etishi va nutq so‘zlashi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 12 sentyabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.
Assambleya sessiyasining kun tartibiga ko‘ra birinchi yig‘ilish bugun Nyu-York vaqti bilan 15:00da (Toshkent vaqti bilan 20:00da) boshlanishi rejalashtirilgan.
Bugungi yig‘ilish ochilish marosimi sifatida boshlanib, Bosh Assambleya 72-sessiyasi raisi Miroslav Laychakning tantanali ochilish nutqi bilan boshlanadi.
BMTning ushbu sessiyasi xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan bosim fonida, mojaro va urushlarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan BMT tashkilotining faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish ruhida ish boshlashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yilda tashkil etilgan. Ushbu tashkilot o‘z ustavi asosida faoliyat olib boradi. Ushbu ustavga 1945 yilda 51 mamlakat imzo chekkan bo‘lib, bugungi kunda unga qo‘shilganlar soni 190 dan ortiqni tashkil etadi.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi