23:01 / 13.09.2017
10 366

Kam ta’minlangan oilalarga mikrokreditlar beriladi

Kam ta’minlangan oilalarga mikrokreditlar beriladi
12 sentyabr kuni “Kam ta’minlangan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning qarori imzolandi.

Qarorga asosan, valyuta siyosatini liberallashtirish sohasidagi islohotlar natijasida kelib chiqadigan bozor munosabatlari davrida aholini har tomonlama himoya qilish maqsad qilingan.

Qarorda kam ta’minlangan oilalarga biror ijtimoiy foydali faoliyat turi bilan shug‘ullanish maqsadida tikuv mashinalari sotib olish, mato va chiqimli harajatlarni qoplash, maishiy texnika, duradgorlik ish qurollarini sotib olish maqsadida mikrokreditlar ajratish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, qarorda shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratish ham rejalashtirilgan.

Qarorda qiyin yashash sharoitlarida kun kechirayotgan, nogironni boqayotgan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga beg‘araz yordam sharti bilan:

- uyi yo‘qlar uchun uy qurish uchun;

- turar-joy sharoitlari og‘ir, ta’mirtalab xonadonlarni ta’mirlash maqsadida;

- maishiy texnika vositalarini xarid qilish yoki bir boshdan qoramol sotib olish uchun;

- og‘ir kasalliklardan davolanish uchun yordam ko‘rsatish belgilangan.

14 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berishni 1,5–2 barobarga kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kam ta’minlangan oilalarga mikrokreditlar beriladi