23:40 / 15.09.2017
9 216

Anvar qori Tursunov raddiya berdi

Anvar qori Tursunov raddiya berdi
11 sentyabr kuni «O‘zbekiston» telekanalida namoyish etilgan «Otin oyining so‘nggi ovi» nomli ko‘rsatuv ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan hamon muhokama qilinayotgan dolzarb mavzu bo‘lib turibdi. Xususan, Azon.uz saytida bu haqda maqola e’lon qilingan edi. Mazkur ko‘rsatuvda so‘zlari berilgan Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov haqida ham turli gaplar aytildi. Bugungi juma mav’izasida Anvar qori Tursunov bildirilgan fikrlarga raddiya berdi.

“Besh oy oldin bir jurnalist ayol oldimga kelib, mendan ayollaring yig‘ilib, masjidda namoz o‘qishi haqida bizning mazhabimizdagi hukmni so‘radi. Shuningdek, ayollarning bir joyga to‘planib ibodat qilishlari haqida savol berdi.

Bizning mazhabimizda ayollaring masjidda namoz o‘qishi makruh. Yig‘ilib o‘qigan taqdirda ham alohida-alohida o‘qishi kerak bo‘ladi. Shu narsani aytib bergandim xolos.

Dushanba kuni menga o‘sha lavha otin oyi haqidagi ko‘rsatuvda namoyish etilganini aytishdi. O‘sha kuni ko‘rolmadim, ertasi kuni ko‘rdim. Ko‘rsatuvda namoyish etilgan Fotima otinoyi uyida ayollarni o‘qitar ekan, unda bunga ruxsat yo‘q ekan. Ular ertalab soat 6-00 da yig‘ilarkan. Shularni ham tasvirga olishgan ekan.

Keyin televideniyedagilar mening ayollar haqida bergan fatvomni o‘sha ko‘rsatuvga qo‘shib, televizorda ko‘rsatishibdi. Men ayollarning yig‘ilib namoz o‘qishi noto‘g‘ri dedim, bu gapimdan qaytmayman. Ammo Fotima otinoyi haqida hech narsa demaganman. U kishining nima qilganidan umuman bexabar edim. Bu gaplarning Fotima otinoyiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan”, – deydi Anvar qori Tursunov.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Anvar qori Tursunov raddiya berdi