
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik.
Nursulton Nazarboyev “Mustaqillik va ezgulik” monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Shundan so‘ng, Nursulton Nazarboyev Toshkent shahridagi “Qaldirg‘ochbiy” (Tole biy) maqbarasini ziyorat qilish uchun Shayx Hovandi Tohur majmuasiga tashrif buyurdi. Maqbaraga tashrifdan so‘ng O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari OAV uchun brifing tashkil qildilar.

Ushbu maqbarada qozoq elining tarixiy siymosi Tole biy qabri joylashgan bo‘lib, xalq orasida ushbu shaxs Qaldirg‘ochbiy deb nom qozongan. Maqbara XV asrda qurilgan.
Manba: qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar