17:02 / 16.09.2017
5 296

Prezidentlar sanoat ko‘rgazmasiga keldi

Prezidentlar sanoat ko‘rgazmasiga keldi
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida “O‘zekspomarkaz”da ko‘rgazma tashkil etilgan edi.

Bugun, 16 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev “O‘zbekiston-Qozog‘iston: hamkorlikning yangi bosqichi” nomli sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi hamda qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan tanishdilar.

Ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov hamda Bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov qatnashgan edi.

Bundan tashqari, ko‘rgazmada Qozog‘istonning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ellikka yaqin kompaniyasining mahsulotlari namoyish etilayotganini aytish o‘rinli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentlar sanoat ko‘rgazmasiga keldi