11:16 / 18.09.2017
7 005

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz aholiga bir xil narxda sotiladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz aholiga bir xil narxda sotiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyot tayanch tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarining O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlari bo‘yicha majburiyatlari restrukturizatsiya qilindi.

“O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo”, “O‘zkimyosanoat” va “O‘zkimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari tarkibiga kiruvchi korxonalarning umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobdan chiqariladi.

Shuningdek, 2016 yilda tugatilgan fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar oldidagi qoldiq qarzlari ham hisobdan chiqariladi.

Joriy yilning 10 sentyabridan boshlab mamlakat bo‘ylab aholiga sotish uchun suyultirilgan gazga bir xil narx o‘rnatildi.

Bungacha suyultirilgan gaz aholiga 1994 yildan beri shartnomaviy (erkin) narxlarda sotilayotgandi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda suyultirilgan gaz aholiga bir xil narxda sotiladi