Latviya xavfsizlik politsiyasi o‘z saytida josuslarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalarni chop etdi, deb ma’lum qiladi Kun nashri.
Ushbu yo‘riqnomada Latviya davlat va munitsipal muassasalarining mansabdor shaxslari josuslar ular bilan aloqaga kirganda yoki ularda bu haqda shubha paydo bo‘lganda o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan.
Unga ko‘ra, o‘zlarini juda betakalluf va xushmuomala tutishga harakat qiluvchi, suhbatning norasmiy usuliga tez o‘tishga harakat qiluvchi, ijtimoiy tarmoqlarda aloqalar o‘rnatuvchi va mafkuraviy qarashlar bo‘yicha bahslashib, munosabat uyg‘otmoqchi bo‘lgan xorijliklarga alohida e’tibor berish tavsiya qilingan.
Shuningdek, mamlakatdagi, ishdagi vaziyat va shaxsiy moliya haqida savollar beruvchi xorijliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerak.
Hujjatda ta’kidlanishicha, xorijiy maxsus xizmatlar xodimlari suhbatni ishdan tashqari mavzularga yo‘naltirishga urinishlari, aloqani norasmiy vaziyatda va ishdan tashqari vaqtda davom ettirish, shaxsiy ehtiyojlar uchun ma’lumot so‘rash, xizmatlar evaziga ish bilan bog‘liq masalalarda yordam taklif qilishlari mumkin.
Xavfsizlik politsiyasi fikricha, xorijiy josuslar shu tariqa Latviyaning milliy manfaatlari va xavfsizligi haqida yopiq ma’lumotlarni olishni istaydilar, amaldorlar esa bunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.
“Josuslarni nafaqat maxfiy ma’lumot, balki muassasalarning kundalik faoliyati va amaldorlari, nodavlat sektoridagi ishchi hamkorlar, qonun loyihalari, taraqqiyot dasturlari va islohotlar, xaridlar rejasi, ichki tartiblar, muassasalarning xodimlar tarkibi haqidagi ma’lumotlar ham qiziqtiradi”, deyilgan yo‘riqnomada.
Xorijiy josuslar o‘zlarini diplomatlar, davlat va munitsipal muassasalar xodimlari, huquq-tartibot idoralari ishchilari, tadbirkorlar va jurnalistlar qilib ko‘rsatishlari mumkin.
Agarda josus bilan aloqa yuz bergandek tuyulsa, unda javob berishdan qochish, va’dalar bermaslik va o‘z zimmasiga majburiyatlarni olmaslik, xorijlik qanday ma’lumot olishni istayotganiga e’tibor qaratish va shubhali aloqa haqida muassasaning xavfsizligi uchun mas’ul shaxs yoki xavfsizlik politsiyasiga zudlik bilan ma’lum qilish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi