5 493
AQSh Prezidentining o‘g‘li Maxfiy xizmatning kuniga 24 soatlik himoyasidan voz kechmoqchi
AQSh Prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp Maxfiy xizmatdan o‘zini tun-u kun himoya qiladigan qo‘riqchilaridan xalos etishni so‘radi. Bu haqda CNN telekompaniyasiga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh davlat rahbarining to‘ng‘ich o‘g‘li iyun oyida Bagam orollaridagi dam olish vaqtida o‘zi va oilasi butunlay qo‘riqlanmasligini so‘ragan. Maxfiy xizmat bunga rozi bo‘lmagan, ammo kichik Tramp so‘zida qat’iy turib olgan. Shundan so‘ng Prezidentning o‘g‘li va uning oilasi bir necha kun davomida yaxtada o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi haqida Daryo.uz yozdi.
Endilikda kichik Tramp agentlardan bir sutkada 24 soat qo‘riqlamasliklarini so‘ramoqda. Uning talabi qondirilganmi yoki yo‘q hozircha bu haqida ma’lumotlar mavjud emas. Maxfiy xizmat ushbu ma’lumotni tasdiqlamadi ham, inkor etmadi ham.
Avgust oyining oxirida Maxfiy xizmatning yangi direktori Rendolf Alles «USA Today» ga bergan intervyusida xodimlarining yillik ish haqi fondi tugaganini ma’lum qilgan edi. Ming nafardan ortiq agentga mo‘ljallangan yillik ish haqi hisob-kitoblardan oshib ketgan. Bunga esa Maxfiy xizmat 42 kishini qo‘riqlashiga (ularning 18 nafari Tramp oilasi a’zolari) to‘g‘ri kelayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Barak Obama prezidentligi davrida uning qo‘riqchilari 31 kishini tashkil etardi. Tramp esa muntazam ravishda dam olish kunlarini Vashingtondan tashqarida, Florida, Nyu-Jersi va Virjiniyadagi golf-klublarda o‘tkazadi. Uning katta farzandlari ham ish yuzasidan xorijda tez-tez safar uyushtirib turishadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi