Xalq orasida obro‘-e’tibor qozongan sudyalarning hayot yo‘li, odil sudlovni amalga oshirishdagi tajribasini ommalashtirish maqsadida “Sudyalar klubi” va “Sud himoyasida” ruknlari ostida markaziy telekanal hamda gazetalarda muntazam ravishda turkum ko‘rsatuv va maqolalar berib borish haqidagi taklif asosida qilinayotgan sa’y-harakatlar ham bugun alohida ahamiyat kasb etmoqda, deb yozadi Uzbekistan24.uz nashri.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida tashkil qilingan sud faxriylari va yosh sudyalar uchrashuvida shu xususda atroflicha so‘z yuritildi. Xususan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu taklif zamirida katta hayot haqiqati mujassam ekanligi alohida ta’kidlandi. Zero, xalqimiz o‘rtasida o‘zining halolligi, adolatparvarligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan katta obro‘-e’tibor qozongan sud faxriylarining dono maslahatlari, boy tajribasi va hayotiy o‘gitlari yosh kadrlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, yoshlar sudyalik kasbi mas’uliyatini chuqur anglab yetishlarida faxriylarning hayot sinovida toblangan tajribasi muhim o‘rin tutadi.
Uchrashuvda bugun yurtimizda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni amalga oshirish hamda adolatli, asosli, qonuniy qarorlar qabul qilishga qodir sudyalar korpusini shakllantirishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tadbirda bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi