
Avvalroq, 22 iyun kuni Qozog‘istonning Akmola viloyatini kesib o‘tgan “Samara-Shimkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus ag‘darilib ketgani haqida xabar bergan edik.
Natijada avtobus ichida bo‘lgan o‘zbekistonlik 9 nafar fuqaro halok bo‘lgani va yana 17 kishi jiddiy jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgani ma’lum qilingandi.
20 sentyabr kuni ushbu avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 9 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi, Jambil viloyatida yashovchi Leonid Yeremeyev aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sudda haydovchi rulda uxlab qolganini tan olgani aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 50 nafar o‘zbekistonlik va 2 nafar qozog‘istonlik fuqarolar bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar