22:33 / 26.09.2017
6 444

Bilimini giyohvand modda yetishtirishga sarflagan fermer qo‘lga olindi

Bilimini giyohvand modda yetishtirishga sarflagan fermer qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida qariyb 3,5 kilogramm giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

Chiroqchi tumanining Qo‘shariq mahallasida istiqomat qiluvchi Muhsin Esonov hamda Do‘stqobil Mardonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) yashash xonadonlarida giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab, uning oldi-stdi ishlari bilan shug‘ullangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaliga Do‘stqobil Mardonov Qarshi shahrida “Neksiya” rusumli avtomashina old o‘ng o‘rindig‘i ostiga yashirin tarzda joylashtirgan og‘irligi 12,6 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini sotish maqsadida turgani aniqlandi. Uning yashash xonadonidan og‘irligi 807,9 gramm bo‘lgan marixuana topildi.

Surishtiruv davomida Do‘stqobil Mardonov muqaddam giyohvandlik moddalarining bir qismini qishloqdoshi Muhsin Esonovdan olganligi ma’lum bo‘ldi.

Tadbir davomida Muhsin Esonovning ham yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, molxonasining orqa tomonidagi ekin maydonida bir necha tup giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganligi hamda hovlisidagi tandirxona va oshxonaning turli joylarida xufyona tarzda og‘irligi 357,6 gramm bo‘lgan giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Muhsin Esonov jinoiy sherigi Do‘stqobil Mardonovga muqaddam o‘zi yetishtirgan og‘uning 15 grammini 80 ming so‘mga, so‘ngra 20 grammini 100 ming so‘mga sotgani ham bojxona surishtiruvi jarayonida ma’lum bo‘ldi.

Mazkur qonunbuzarlik holatilari bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining hukmi bilan fuqarolar D.Mardonov hamda M.Esonovlar aybdor deb topilib ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Qizig‘i shundaki, qonunbuzarlik aniqlanishiga qadar Muhsin Esonov tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari lavozimida ishlab kelgan. Qulayliklardan unumli foydalanish o‘rniga u o‘z bilimi va tajribasini yashash hovlisida giyohvandlik o‘simligini parvarishlash va ularni sotishga sarflagani achinarli.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bilimini giyohvand modda yetishtirishga sarflagan fermer qo‘lga olindi