O‘quvchining peshonasiga “ahmoq” deb yozgan o‘qituvchi tekshiriladi

O‘quvchining peshonasiga “ahmoq” deb yozgan o‘qituvchi tekshiriladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri prokuraturasi 684-maktab o‘quvchisining ota-onasi tomonidan ariza berilganidan so‘ng surishtiruvni boshladi. Arizada maktab o‘qituvchisi farzandlarining peshonasiga “ahmoq” degan so‘zni yozganligi aytilgan.

“RIA Novosti” agentligining xabariga ko‘ra, ikkinchi sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarga qo‘llariga flamaster yordamida tatuirovka chizmasliklarini talab qilgan. Biroq ular gapga quloq solmagach, shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.

Maktab vakillari ko‘rsatma berish uchun prokuraturaga chaqirtirilgani aytilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar