12:02 / 28.09.2017
8 081

Toshkentda Lasetti haydovchisi 36 yoshli ayolni urib yubordi

Toshkentda Lasetti haydovchisi 36 yoshli ayolni urib yubordi
2017 yil 25 sentyabr kuni soat 08:00larda, Chilonzor tumani, “Bunyodkor” ko‘chasida joylashgan “Oq tulpor” restorani qarshisida, haydovchi 1992 y.t. “Lasetti” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda, 1981 yilda tug‘ilgan ayol, yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Lasetti haydovchisi 36 yoshli ayolni urib yubordi