13:30 / 04.10.2017
7 686

O‘zbekiston jahon vinochilik va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni jalb qilmoqda

O‘zbekiston jahon vinochilik va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni jalb qilmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida vinochilik va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan jumladan Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Estoniya, Latviya, Germaniya, Gruziya, Rossiya, Ukraina kabi Yevropaning eng yirik kompaniyalari vakillari jamlandi. Bu xaqda savdo sanoat palatasi saytida xabar berildi.
Tadbir doirasida mehmonlar uchun investitsiyaviy muhitni takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida O‘zbekistonning salohiyatiga doir taqdimotlar o‘tkazildi.

O‘z navbatida, xorijlik ishtirokchilar ta’kidlaganidek, «O‘zbekiston jahondagi eng yaxshi uzum navlarini yetishtirish hamda chet el bozorlarida talab kuchli bo‘lgan yuqori sifatli vinolarni ishlab chiqarish uchun mos noyob iqlimga ega bo‘lgan kamyob davlatlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning sentyabr oyida respublikada valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar O‘zbekistonni chet ellik kompaniyalar uchun yangi qiyofada namoyon etdi va bugungi tadbir ishtirokchilarining tarkibi hamda ular tomonidan ko‘rsatilayotgan qiziqish buning yaqqol dalilidir».

Xususan, «RussianStandart» kompaniyaning vakili Sergey Pushchinskiy quyidagi fikrlarni bildirdi, “Kompaniyamiz jahonning 80 davlatida mavjud bo‘lib, tarmoqdagi eng mashhur brendlardan biri sanaladi. Rahbariyatimiz tomonidan O‘zbekistonda ham zavod ochish masalasi ko‘rilayotgan bo‘lib, dushanba kuni ortga qaytishimiz bilan tashrif yakunlari bo‘yicha beradigan hisobotimizda mazkur investitsiyaviy loyihani amalga oshirishni tavsiya etamiz. Bundan tashqari, O‘zbekistonga tashrif doirasida Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mahalliy «Saphir Group» MChJ bilan joriy yildayoq zavodni qurish bo‘yicha qo‘shma ishni boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishdik ”.

Latviya Respublikasi vakili Aleksandr Svarevskiy, “Keyinchalik jahondagi eng yirik vino ishlab chiqaruvchisi sanalgan Germaniyadagi «Peter Mertes» zavodiga yetkazib berish uchun O‘zbekistondan vino konsentratini import qilishga tayyormiz”, - deya xabar qildi. Mazkur masala bo‘yicha tadbirda qatnashib, respublikadagi vinochilik tarmog‘i salohiyatlarini ko‘rsatib berishda faol ishtirok etgan «O‘zvinsanoat-xolding» AJ vakillari bilan kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar aytganidek, O‘zbekistonga bo‘lgan tashrif ularning umidlarini oqlashdan tashqari, kutganlaridan a’lo natijalarni namoyon etdi. O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi hamda kundan-kunga takomillashib borayotgan investitsiyaviy muhit esa respublikamizga aniq loyihalar bilan yana qaytib kelish uchun barcha asoslar va ishonchni taqdim etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston jahon vinochilik va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni jalb qilmoqda