13:20 / 04.10.2017
6 113

Yangi qurilayotgan uylarni 1 milliarddan ortiq summaga pullagan firibgar ushlandi

Yangi qurilayotgan uylarni 1 milliarddan ortiq summaga pullagan firibgar ushlandi
Navoiy shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarni pullab yurgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi Hordiq.uz nashri.

Ma’lum qilinishicha, firibgarlikda gumon qilinayotgan fuqaro mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari bo‘lgan.

«F.T.ning ustidan kelib tushgan arizada, u Navoiy shahrining 18-mikrorayon hududida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 8 ta ikki xonali va 4 ta bir xonali uylarni olib berishini va’da qilib, fuqarolardan 1 mlrd. 30 mln. 400 ming so‘m pulni olib, qochib yurgani ko‘rsatilgan. Firibgar rahbar ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi», – deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limida unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi qurilayotgan uylarni 1 milliarddan ortiq summaga pullagan firibgar ushlandi