19:49 / 04.10.2017
5 549

Toshkentda 2 nafar kollej o‘quvchisining sumkasidan giyohvand modda topildi (video)

Toshkentda 2 nafar kollej o‘quvchisining sumkasidan giyohvand modda topildi (video)
Giyohvandlik va u bilan bog‘liq muammolar hech birimiz uchun sir emas. Lekin afsuski uning barcha oqibatlari, tuzatib bo‘lmas asoratlari haqida qanchalik ko‘p oldindan ma’lumotga ega bo‘lishimizga qaramay, bu illat jamiyatimizda uchrab turibdi. Uning domiga ayrim voyaga yetmagan yoshlar ham tushib qolayotgani achinarli xolat, deb yozadi «O‘zbekiston 24».

Chilonzor tumanida joylashgan kollejlarning birida taxsil oladigan Anvar tanishi Guliga telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zaro suxbati davomida o‘zida giyohvandlik moddasi borligini aytib, uni tayyorlash jarayonlarini ham yahshi bilishini, hohlasa unga ham o‘rgatishini aytadi. Ertasi kuni oq qog‘ozga o‘ralgan kichik xajmda keltirilgan ushbu giyohvandlik moddasini Guliga kollej xududiga olib kelib beradi.

O‘quv maskanida faoliyat olib borayotgan Yoshlar ittifoqi yetakchisi Gulining o‘zini tutishi va hatti-harakatlarida o‘zgarishlar borligini sezib, ko‘pdan beri uni nazoratga olgan edi. Shubhali xolat haqida Chilonzor tumani Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlariga murojat qilib xabar beradi. Aniqlik kiritish maqsadida inspektor kollejga borib, Guli bilan suxbatlashadi. Buyumlari guvohlar ishtirokida tekshirilganda Guli o‘zi bilan giyohvandlik moddasini olib yurganligi ma’lum bo‘ladi. Ushbu modda tegishli tartibda rasmiylashtirilib olinadi.

Dastlabki surishtiruv ishlarida Guli ushbu moddani Anvardan olganligini aytadi. Anvar ham tergov ishlariga jalb qilinadi. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yana bir holat. Olmazor tumanida joylashgan Shifobaxsh suvlar blok postida xizmat olib borayotgan Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahri xududiga kirib kelayotgan Spark avtamobili to‘xtatilib belgilangan tartibda tekshiriladi. Yulovchi sifatida ketayotgan kollej o‘quvchisining buyumlari tekshirilganda, maxsus idishdagi suyuqlik ularning e’tiborini tortadi. Ushbu suyuqlik guvohlar ishtirokida rasmiylashtirilib olinadi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu suyuqlik tarkibida kanabis moyi borligi aniqlandi. Hozirda har ikki holat yuzasidan tergov xarakatlari olib borilayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 2 nafar kollej o‘quvchisining sumkasidan giyohvand modda topildi (video)