5 311
Moskvaning 5 yulduzli mehmonxonalarida joy qolmadi: Saudiya Arabistoni podshohi Rossiyaga keldi
4 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Salmon bin Abdul Aziz Al Saud saudiyalik podsholar orasida birinchi bo‘lib Moskvaga keldi. Uning tashrifi 7 oktyabrgacha davom etadi, deb yozadi Kun nashri.
Qayd etish joiz, Rossiya hukumati mazkur tashrifga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. 2-8 oktyabr kunlari Moskvada ilk marotaba Saudiya Arabistoni madaniy haftaligi bo‘lib o‘tadi. Shahar ko‘chalarida bilbordlar o‘rnatildi. Vnukovo aeroportidan shahargacha bo‘lgan yo‘llarning chekkalariga podshohni olqishlovchi so‘zlar osib chiqildi.
Rossiyada Saudiya monarxining tashrifini tarixiy deb baholamoqda. 5 oktyabr kuni Moskvada Vladimir Putin bilan, 6 oktyabrda Dmitriy Medvedev uchrashadi.
Ming kishilik delegatsiya a’zolari qayerda va qanday yashaydi
3 oktyabr kuni «Kalashnikov» konserni tashqi aloqalar direktori Sofiya Ivanovaning Facebook sahifasida yozishicha, Moskvadagi 5 yulduzli mehmonxona «barcha do‘konlari va restoranlari bilan yopilgani haqida» «kutilmaganda bilib qolgan». Uning so‘zlariga ko‘ra, bu podshohning tashrifiga bevosita aloqador. Cheklov esa 7 oktyabrdan keyin bekor qilinadi.
Ammo Ivanova o‘z xabarida mehmonxonani «adashtirib» Ritz-Carlton haqida yozdi, keyinchalik xatosini tuzatib, Four Seasons mehmonxonasi ekanini yozdi. Mehmonxonadagi eng taniqli mehmonxonalar tarmog‘i Qizil maydon, Kreml va Davlat dumasi yonida joylashgan.
Four Seasons bekorga tanlanmagan: podshoh bir necha marotaba aynan shu mehmonxonalar tarmog‘ida to‘xtagan. U birato‘la barcha xonalarni band qilishni xush ko‘radi. Bundan tashqari, mehmonxonalar ulushi podshoh jiyani Al Validga tegishli ekani aytiladi.
Keyinroq, Moskvadagi 5 yulduzli mehmonxonalar haddan ortiq yuklanganini RIA Novostiga ham tasdiqlashgan. Mehmonxonalar vakillariga ko‘ra, podshoh delegatsiyasi Kreml va Qizil maydon atrofidagi, Manej maydoni, Lubyanka va Kuznets ko‘prigi tevaragidagi mehmonxonalarning barcha oliy darajadagi bo‘sh xonalarini band qilishgan. Delegatsiya a’zolari bir necha mehmonxonada, xususan Four Seasons, St. Regis va «Natsional» shular jumlasidan.
Agentlikning yozishicha, monarxning tashrifiga mos keluvchi sanalarda Kreml yonidagi 5 yulduzli mehmonxonalarda xonani band qilish mumkin emas. Bunday vaziyat juda kam holatlarda kuzatiladi va faqat yirik guruhlar buyurtma qilganida kuzatiladi. Four Seasons mehmonxonasidagi eng yirik va keng hisoblanuvchi 500 metr2 maydonli xonaning bir kunlik narxi 1 mln rublga yaqin turadi.
Ayrim xonalarda podshohning kelishi avvalida Yevropacha uslub o‘zgartirildi: Ar Riyoddan gilamlar va mebel keltirildi. Tashrif tugaganidan keyin «Osiyoga xos holat» omborxonaga qo‘yiladi. Boshqa o‘zgarishlardan biri taomnomada vaqtinchalik cho‘chqa go‘shtining olib tashlanishidir.
Maxsus xizmatlarning «Kommersant’ FM» bilan suhbatda aytishlaricha, shu kabi tashriflardan 1-2 hafta oldin xavfsizlik xodimlari mehmonxona va aniq bir xonani tanlashadi. Kelishdan bir kun avval binolarda «maxsus tartib ishlari» o‘tkaziladi.
Ta’kidlash o‘rinliki, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi uzoq safarlarga og‘ir yuk bilan boradi. Masalan, shu yilniing mart oyida Indoneziyaga tashrif buyurgan podshoh 9 kunga 459 tonna yuk bilan borgan. Ular orasida 2 ta Mercedes S600 va 2 ta elektr lift ham bor edi. O‘shanda 800 kishilik delegatsiya a’zolarini tashish uchun 27 ta reys amalga oshirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi