Avval xabar berganimizdek, MDH sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari uchrashuvidan so‘ng, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitining tor doiradagi uchrashuvlari o‘tkazilib, undan keyin davlat rahbarlari muhokamalarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishga kirishdi.
Majlisda MDH mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinishi belgilangan edi.
MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019 yilni “Kitob yili”, 2020 yilni “1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili”, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukrainada harbiy xarajatlar bo‘yicha hujjatlarni tozalash boshlandi
Rossiya razvedkasi: AQSH 2025 yil Ukrainada saylovlar o‘tkazishga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda qo‘shma turistik yo‘nalish yaratilishi mumkin
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi