21 190
2018 yildan OTMlarda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlar ochiladi
Avval xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktyabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarini binolar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish masalasiga e’tibor qaratildi.
Prezident topshirig‘iga asosan oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashr etishga doir standartlar qayta ko‘rib chiqib tasdiqlanadi.
Manba: Uz24.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz