Vobkent tuman IIBga, Quruvchi MFY, Arabon ko‘chasi 28-uyda yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan nafaqadagi X.Z.H. ariza orqali murojaat qilib, noma’lum shaxs uning uyiga kelib, unga turli ko‘ngilsizliklar haqida gapirib, agar u aytgan ishlarni bajarmasa uyida va ro‘zg‘orida noxushliklar sodir bo‘lishini aytib, aldab, ishonchiga kirib, balo-qazolardan xalos etuvchi duo o‘qib berish evaziga undan 640.000 so‘m naqd pullarni, 2 dona jami bahosi 1.350.000 so‘mlik ayollar uzugini hamda bir dona xo‘roz va tovug‘ini qo‘lga kiritib voqea joyidan yashirinadi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Keyingi kuni o‘sha shaxsi noma’lum bo‘lgan ayol Zamira Xodjiyevaning uyiga qaytib kelib, uyida bo‘lgan barcha pullarini olib chiqishi lozimligini, ularga «duo solib berishini», duo solingan pullar barakalik bo‘lishini aytib aldab, ishonchiga kirib, undan 5000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, pullar o‘rniga qora selofanga o‘ralgan qog‘ozlarni almashtirib qo‘yib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan edi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Tutzor MFY, Qorako‘l ko‘chasi 32-uyda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan M.G.B. sodir qilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan G.Mingboyevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi