Halol mehnat qilib rizq topishdan ko‘ra tovlamachilik, aldov yo‘li bilan odamlarni chuv tushirib oila tebratayotgan shaxslar ko‘plab uchrab turibdi.
Shunday shaxslarning bir guruhi Surxondaryo viloyatida qo‘lga olindi. Guruh a’zolari mijozlarni mahallasiga, oilasiga, ish joyiga sharmanda qilish, olingan tasvirlarni internetga chiqarib yuborish, profilaktika inspektoriga arz qilish bilan qo‘rqitib, katta miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olishgan.
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Guruh a’zolari o‘rtasida rollar bo‘lib olinib, “mahalla raisi”, “posbon”, “tergovchi”, “tasvirchi”, “haydovchi” va boshqa vazifalardagi ishtirokchilar bo‘lgan. Har bir guruh a’zosi o‘z vazifasini puxtalik bilan ishonarli qilib bajargan.
Ularning asosiy faoliyatlari begona erkak mijozlarni o‘z xohishlari va aldov bilan guruhga tegishli qizlar yordamida o‘z yashash xonadonlariga “massaj”, “dam olish”, “maishat” qilish bahonalari bilan chaqirish, ular bilan bir dasturxonda yeb ichib, tashrif buyurgan erkaklarni alohida xonada hozirlangan to‘shakka olib kirish, mijoz yechinishi bilan jinoiy guruh a’zolari kirib kelib, uyali telefon vositasi yordamida tasvirga olishdan iborat bo‘lgan.
Guruh a’zolari mijozlarni mahallasiga, oilasiga, ish joyiga sharmanda qilish, olingan tasvirlarni internetga chiqarib yuborish, profilaktika inspektoriga arz qilish bilan qo‘rqitib, katta miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olishgan.
Jinoiy guruh a’zolari operatsiya rejadagiday o‘tgani uchun navbatdagi “o‘lja”ni qo‘lga tushirishmoqchi bo‘lishadi. Biroq bu gal “o‘lja” o‘rnida jinoiy guruh a’zolari bo‘lib, navbatdagi operatsiyani o‘tkazish vaqtida jinoyat ustida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindilar. Ushbu jinoiy guruhlarni K.G. hamda K.F.lar boshqarganligi, shuningdek, voyaga yetmagan farzandini ham jinoyat sodir qilishga jalb qilishganligi aniqlanib, jinoiy guruhning barcha a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur jinoiy guruhning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi bo‘yicha tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”