11:43 / 08.11.2017
6 596

Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi yangilandi

Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi yangilandi
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom qayta ko‘rib chiqilib, yangi tahrirda tasdiqlandi (ro‘yxat raqami 2944). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) bilan ham valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi belgilab berilib, endi YaTTlar o‘z hisobvarag‘idan pul o‘tkazish orqali chet el valyutasini sotib olishlari mumkin.

Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash amaliyoti vaqtida rasmiylashtiriladigan barcha ma’lumotnomalarni tijorat banklari mustaqil ravishda tayyorlashlari mumkin. Bugungi kunga qadar mazkur ma’lumotnomalar “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanar edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)