6 303
Shavkat Mirziyoyev: Turizm – paxtachilikka nisbatan bir necha barobar ko‘p daromad keltiradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida mintaqaning ulkan turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi, deb yozmoqda Qalampir nashri.
“Bu borada viloyatda qanday katta salohiyat borligi haqida sizlarning oldingizda ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.
Turizm haqida gapirganda, bir masalaga alohida e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ayrim mamlakatlarda xorijiy sayyohlar e’tiborini tortishga qaratilgan turistik brendlar yaratish uchun uzoq yillar va katta mablag‘ sarflash talab etiladi. Ya’ni, ular ko‘pincha yo‘qdan bor qiladi. Holbuki, Samarqand shahri uchun butun olamga mashhur brendlarni bundan necha asrlar oldin ulug‘ ajdodlarimiz yaratib ketganlar. O‘zingiz o‘ylang, Samarqand shahri, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Doniyol, Registon, Shohi Zinda ansambli degan nomlarning o‘zi, ta’bir joiz bo‘lsa, jahon miqyosidagi mashhur brendlar emasmi?
Gap mana shunday beqiyos obidalarimiz, go‘zal tabiatimiz, saxovatli zaminimiz imkoniyatlaridan oqilona foydalanishda. Ularni dunyoga namoyish qilib, jozibadorligini oshirishda. Buning uchun zamonaviy bilim va malaka, turizm sohasining barcha sirlarini ipidan ignasigacha chuqur bilish, tinimsiz ishlash, o‘z kasbining ustasi va fidoyisi bo‘lish kerak. Biz bu boradagi ishlarimizni yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2017-2019 yillarda Samarqandning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha alohida dastur qabul qildik.
Dasturga muvofiq Samarqand shahrida sayyohlar uchun maxsus “Samarqand Siti” turizm hududini barpo etish belgilandi. Yangi mehmonxonalar qurish, transport xizmatini yaxshilash, shaharni obodonlashtirish, yangi turizm xizmatlarini joriy etish va soha uchun kadrlar tayyorlash ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, 2017 yilda Samarqand viloyatiga kelgan sayyohlar viloyatda turli xizmatlar va tovarlar uchun jami 480 milliard so‘m sarflagan.
“Vaholanki, viloyatdagi barcha fermerlarning yil davomida og‘ir mehnat qilib yetishtirgan paxtasi hisobidan olgan foydasi atigi 52 milliard so‘mni tashkil etadi. Ana shu ikkita raqam misolida ham o‘zingiz yaqqol ko‘rib turibsizki, ilgari e’tibordan chetda bo‘lgan turizm – butun xalqimiz yil o‘n ikki oy ovora bo‘ladigan paxtachilikka nisbatan bir necha barobar ko‘p daromad keltiradi. Biroq, paxtachilikni kengaytirishning umuman iloji yo‘q bo‘lgani holda, Samarqandning salohiyatini inobatga olsak, turizmni rivojlantirish imkoniyatlari cheksizdir”, – dedi Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi