Transport vositasini spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarish ayanchli yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishini unutmaslik kerak.
7 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani hududida yirik YTH sodir bo‘ldi. Unda Nexia rusumli avtomashina Spark rusumli mashina bilan tungi soat 03:30 larda to‘qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Olmazor tumanidagi Shifonur va Qoraqamish ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan erkak kishi, xushyor holatda Nexia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, mast holatdagi haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan erkak kishining boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Mazkur to‘qnashuv natijasida Nexia avtomashinasi xaydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi