"Odam savdosi" yo‘nalishi bo‘yicha tergov materiallari tahlili mahalliy uyushgan jinoiy guruhlarda bir shakldan boshqa shaklga o‘tish jarayoni o‘ta faol tarzda yuz berayotganini ko‘rsatmoqda, deb ma’lum qilindi O‘zbekiston MXX tomonidan "Odam savdosiga qarshi kurash" mavzusida o‘tkazilgan brifing davomida.
"Odam savdosi" yo‘nalishi bo‘yicha tergov materiallari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, BAA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (ATR) va YeI dan bo‘lgan uyushgan jinoiy guruhlar ishtirokida xalqaro tarmoqqa odam yetkazib berishga ixtisoslashgan mahalliy uyushgan jinoiy guruhlarda bir shakldan boshqa shaklga o‘tish jarayoni o‘ta faol tarzda kechmoqda".
MXXga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari BAA, Turkiya, ATR mamlakatlari, AQSh va Yevropa davlatlariga asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon va Ukraina orqali yetkazib berilmoqda. "Jonli tovar"larni chet elga olib chiqishda soxta viza va chiqish stikerlari urilgan qalbakilashtirilgan milliy va chet el pasportlaridan foydalanilmoqda.
Bugungi kunda quyidagi noqonuniy migratsiya kanallaridan o‘ta faol tarzda foydalanib kelinadi:
Toshkent — Shimkent — Olma-ota;
Toshkent — Moskva (Novosibirsk, Yekaterinburg, Qozon);
Samarqand — Andijon — O‘sh — Sharja — Dubay;
Samarqand — Moskva — Misr — Isroil;
Buxora — Moskva — Misr — Isroil;
Toshkent — O‘sh — BAA;
Toshkent — Shimkent — BAA;
Toshkent — Qozog‘iston — Boku — Istanbul — Bursa (Turkiya);
Toshkent — Moskva — Baku — Turkiya;
Toshkent — Riga — Shvetsiya — Norvegiya;
Toshkent — Moskva — Sharqiy va G‘arbiy Yevropa davlatlari;
Toshkent — Moskva — Kanada;
Toshkent — Istanbul — AQSh;
Toshkent — Qozog‘iston — Nepal — Hindiston;
Toshkent — Qirg‘iziston yoki Qozog‘iston — ATR mamlakatlari.
Shu tariqa, O‘zbekiston MXX Buxoro viloyati Boshqarmasi kuch xodimlari yosh qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida Bankok (Tailand)ga olib chiqib ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari L.Safoyeva va N.Usmonovalarning faoliyatiga chek qo‘yishdi.
"Jonli tovar"lar chet elga "Toshkent-Kiyev-Bankok" marshruti bo‘yicha olib ketilgan. Ukrainaga kelgan qurbonlarni o‘sha mamlakat fuqarosi kutib olgan va Kiyev shahri aeroporti chegara xizmatida faoliyat yurituvchi rafiqasi yordamida o‘zbekistonlik ayollarni Tailandga yuborishni ta’minlagan.
MXX organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida L.Safoyeva va N.Usmonovalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, sud qarori bilan ular uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”